17:05 / 22.07.2015
2264

"Chelsi" muxlisi Parij metrosida irqchilik qilgani uchun 5 yil davomida futbol o‘yingohlariga kirishdan mahrum etildi

«Chelsi» klubining 50 yoshli muxlisi Richard Barkli yaqin besh yil ichida futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishi taqiqlab qo‘yildi.

London okrugi sudi Parij metrosida muxlislarga nisbatan irqchilik munosabatida bo‘lgani uchun shunday qarorga kelgan, deb yozmoqda Sky Sports.

Sud Barklini joriy yilning fevral oyida YeChL doirasidagi 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Pari Sen-Jyermen» va «Chelsi» (1:1) uchrashuvidan keyin angliyalik bir qator muxlislarning Parij metrosida qora tanli muxlisni vagonga chiqarmaganida aybdor deb topdi.

Barkli oldin politsiyada xizmat qilgan va «Inson huquqlari uchun kurashuvchi xalqaro forumi» xayriya tashkilotining direktori sifatida ishlab kelgandi.

Top