11:12 / 22.07.2015
3095

International Champions Cup-2015 turnirida «Barselona» «Los Anjyeles Gelaksi»ni mag‘lubiyatga uchratdi

"Barselona" klubi yangi mavsumdagi ilk o‘yinida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar "Xalqaro chempionlar kubogi" (International Champions Cup-2015) musobaqasi doirasida AQShning "Los Anjyeles Gelaksi" jamoasini mag‘lub etishdi (2:1).

"Barsa"ning gollariga Luis Suares (45) va Serxi Roberto (52) mualliflik qilishgan bo‘lsa, amerikaliklarning goli Mayyer hisobiga yozildi.

Qayd etish joizki, amerikaliklar jamoasi safida Stiven Jyerrard o‘yinning ilk daqiqalaridan harakat qilishni boshladi va o‘zining sobiq jamoadoshi Luis Suaresga qarshi to‘p surdi.

International Champions Cup-2015

"BARSeLONA" - "LOS ANJYeLeS GELAKSI" - 2:1
Gollar: Luis Suares (45), Serxi Roberto (52) — Mayyer (90+1)

Top