15:22 / 22.07.2015
2045

International Champions Cup-2015 turnirida "PSJ" "Fiorentina"ni mag‘lub etdi

22 iyul kuni AQSh va Avstraliya davlatlari mezbonligida o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi International Champions Cup-2015 o‘rtoqlik turniri doirasidagi navbatdagi uchrashuvda Fransiyaning «PSJ» klubi Italiyaning «Fiorentina» jamoasini 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinda yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi kutilayotgan Zlatan Ibrohimovich ham ishtirok etdi va gollardan biriga mualliflik qildi.

PSJ (FRANTsIYa) – FIOReNTINA (ITALIYa) – 4:2 (2:0)
Gollar: 1:0 – Matyuidi, 35, 2:0 – Ogyusten, 41, 2:1 – Xoakin, 60, 3:1 – Ibrohimovich, 69, 4:1 – Ogyusten, 75, 4:2 – Rossi (pen.), 79.

Top