09:53 / 22.07.2015
3456

Interpol Yanukovich haqidagi ma'lumotlarni o‘z bazasidan chiqarib tashlangani bo‘yicha izoh berdi

Interpolning Ukrainadagi byurosi vakillari nima uchun o‘z bazalaridan Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich haqidagi shaxsiy ma'lumotlarning yo‘qolib qolganiga tushuntirish berib o‘tishdi.

Viktor Yanukovichning qidiruvi haqidagi ma'lumotga kirish Ukraina sobiq prezidentining advokatlari uning qidiruvga berilishi yuzasidan bergan da'vo arizalariga ko‘ra vaqtinchalik bazadan olib tashlangan. Bu haqda Interpolning Ukrainadagi byurosi vakili ma'lum qildi.

Interpol byurosi vakili ma'lumotlarga kirishning to‘xtatilishiga Yanukovich va uning himoyasining Interpol fayllarini nazorat qilish komissiyasi va Liondagi sudning birinchi instansiyasiga “Yanukovichning xalqaro qidiruvga e'lon qilinishi ustidan shikoyat qilishi” asos bo‘lgan.

Byuroda Yanukovichning hibsga olinishi va “o‘ta katta miqdorda mol-mulkni talon-taroj qilish va o‘zlashtirish yoki unga xizmat vakolatidan foydalanish yo‘li bilan egalik qilish” bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun Ukrainaga ekstraditsiya qilinishi maqsadida xalqaro qidiruvga berilgani eslatib o‘tildi.

21 iyulda Interpol bazasidan Ukrainaning sobiq prezidentiga taalluqli hujjatlarning yo‘qolgani ma'lum qilindi. Yanukovichni himoya qilayotgan Joseph Hage Aaronson advokatlik idorasi buni Yanukovichning jinoiy ta'qib qilinishi siyosiy tus olgani yuzasidan huquqshunoslarning murojaatlari bilan tushuntirgan. Advokatlarning aytishicha, aynan shu holat tufayli Interpolning Yanukovichga qarshi “qizil kartochkasi” o‘z kuchini yo‘qotgan.

Top