15:35 / 22.07.2015
2277

Lui van Gal: "San-Xose"ga qarshi o‘yinning ikkinchi taymida Shvaynshtayger yaxshi o‘ynay olmadi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gal International Champions Cup-2015 o‘rtoqlik turniri doirasidagi «San-Xose Ertkueyks»ga (3:1) qarshi uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Jamoamning birinchi bo‘limdagi o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Himoyada xuddi kelishib olganimizdek yaxshi harakat qildik va hujumda ko‘plab vaziyatlarni yaratdik. Bizda 10ta golga tortadigan vaziyatlar yuzaga keldi va ularning ikkitasidan foydalandik. Tanaffusdan keyin esa biz juda yomon o‘yin ko‘rsatdik va har doim to‘pni yo‘qotdik.

Yagona xursand qiladigan tomoni Pereyraning goli bo‘ldi. Biz jarima maydonchamiz ichida ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratilishiga imkon berganimiz yo‘q, biroq xavf doim ta'qib qilib turdi. Jamoaning yarim himoya chizig‘i o‘ta bo‘sh o‘yin ko‘rsatdi. Hamma yomon o‘ynadi, shu jumladan Shvaynshtayger ham.

Bunday holatda asosan bir haftadan kamroq vaqt shug‘ullanib faqatgina 45 daqiqa o‘ynashga tayyor bo‘lganingda sodir bo‘lishi mumkin. Zaxiradan maydonga chiqish oson ish emas. Birinchi uchrashuvda Bastian yaxshi harakat qilgandi, endi – yomon. Bu ham bir jarayon, birdaniga hamma narsa sodir bo‘lmaydi», – deya van Galning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Top