10:20 / 22.07.2015
3094

Microsoft Nokia tufayli 3.2 mlrd dollar yo‘qotdi

Microsoft kompaniyasi o‘tgan chorakning moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya 3.2 mlrd dollar yo‘qotgan. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.

Moliyaviy yo‘qotishlarning asosiy sababi restrukturizatsiya uchun ketgan 7.5 mlrd dollar bo‘ldi. Bu jarayon Nokia kompaniyasining mobil bo‘linmasi sotib olinishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 2014 yilning shu davrida kompaniya 4.61 mlrd dollar ishlab topgan edi.

Hisobot chop etilganidan so‘ng kompaniya aksiyalari 3.5 foizga tushib, 45.65 dollarni tashkil qildi.
O‘z navbatida, bulutli texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi bo‘linma daromadlari 96 foizga o‘sdi. Bundan tashqari, Surface planshetlari va Xbox konsollari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarda o‘sish kuzatildi.

Top