02:20 / 22.07.2015
2969

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida xitoylik delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 21 iyulida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoyning Tszyansu viloyati tashqi investitsiyalar va iqtisodiy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Chjyen Goafen boshchiligidagi tijorat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xitoylik delegatsiyaga O‘zbekistonning investitsion salohiyati, xorijiy investorlar uchun bojxona va soliq imtiyozlari, “Jizzax” maxsus industrial zonasining ustunliklari haqida ma'lumotlar berildi. Tomonlar xitoy investitsiyalari ishtirokida O‘zbekistonda yangi korxonalar ochish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirish taklif qilinadigan investitsion loyihalar haqida axborot almashish, Xitoy ishbilarmonlik doiralari delegatsiyalarining biznes-anjumanlar va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun kooperatsion birjalar (B2B) o‘tkazish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top