13:02 / 22.07.2015
7655

Sigirlar tyulen bolasining hayotini saqlab qolishdi

Buyuk Britaniyaning Linkolnshir grafligida suvsizlikdan aziyat chekayotgan holda kulrang tyulenning och-nahor qolgan, 5 kunlik bolasi topib olindi.

Uni yaqin orada o‘tlab yurgan sigirlar va shu joyga yaqin joyda kuzatuv olib borayotgan ornitolog topib oldi.
Tyulen bolasi suv ko‘tarilishi paytida onasidan ajralib yo‘qolib qolgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. U dala chetida loyda yotganda uni sigirlar to‘dasi payqab qoldi. Sigirlar tyulen bolasini o‘rab olib, unga tumshuqlari bilan surkala boshlaganlar.

Sigirlarning bunday g‘alati xatti-harakatlari Uosh bo‘g‘ozi sohilidagi qo‘riqhona hududida kuzatuv olib borayotgan ornitolog Yan Ellisning e'tiborini o‘ziga tortdi. U uzoqdan turib, durbindan tyulenchani ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Ellis yon atrofda katta tyulenlar yo‘qligini ko‘rib, bu haqda qo‘riqxona xodimlarini xabardor etdi.

Topib olingan tyulen qo‘riqxonaning 50 yilligi munosabati bilan Celebrity (Bayram) deb ataldi. Hozir tabiiy bog‘ xodimlari tyulenchani yog‘li seld bilan boqishmoqda. Boshida tyulencha zaif bo‘lgan, biroq suv va ozuqa uni bir pastda o‘ziga keltirdi.

“Biz tyulencha suv ko‘tarilishi paytida onasini yo‘qotib, adashib qolgan hamda suv qaytganda sayozlikda qolib ketgan, deb taxmin qilyapmiz. Sigirlar juda qiziquvchan hayvon bo‘ladi, ular tyulenchani oldiga to‘planib olishgan. Selebritining asosiy muammosi shundaki, u besh kun qarovsiz qolib ketgan va natijada vazn yo‘qotgan hamda suvsizlangan”, deydi Natureland qo‘riqxonasi direktori Richard Idon.

Bir necha kundan keyin tyulencha juda bo‘lmaganda 30 kg vazn yig‘ib, ozuqa topishni o‘rganib olsa, yana bo‘g‘ozga qo‘yib yuboriladi.

Top