11:53 / 22.07.2015
7616

Sirg‘alida mashina oynalariga parda tayyorlovchi noqonuniy sex fosh etildi

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida 2009 yildan buyon avtomashinalarning yon va orqa oynalariga quyoshdan saqlovchi pardalar tayyorlab, sotish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F. Yorqinovning faoliyati fosh qilindi. Bu haqda “Bozor va iste'molchi” nashri yozmoqda.
Yorqinov Sirg‘ali-2 dahasida, shuningdek, Zangiotaning Xonobod mahallasida bir qancha sexlar tashkil qilgan edi. Ularda o‘tkazilgan tekshiruv davomida 227 dona tayyor parda, 2ta tikuv mashinasi, 257ta va 50 kg sim va tegishli hujjatlari bo‘lmagan avtomobil ehtiyot qismlari topildi.
Mahsulot sotiladigan do‘kon ko‘zdan kechirilganda esa u yerdan 4 417 dona pardalar va 25 turdagi 5 612 dona umumiy narxi 59.747 mln so‘mlik avtomobil ehtiyot qismlari topildi.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top