00:18 / 23.07.2015
3825

Belarus prezidenti Jyerar Depardega o‘t o‘rishni o‘rgatdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko fransiyalik mashhur aktyor Jyerar Deparde bilan uchrashuvi davomida aktyorga qo‘lda o‘t o‘rishni o‘rgatdi. Bu haqda Lukashenko saytida ma'lum qilinmoqda.

Qayd etilishicha, Lukashenko aktyor uchun Ostroshits shaharchasidagi prezidentning rasmiy qarorgohi “Ozerniy” hududi bo‘ylab qisqacha ekskursiya o‘tkazdi hamda uni “belarus qishloq xo‘jaligining ba'zi namunalari bilan tanishtirdi hamda qo‘lda o‘t o‘rish malakalaridan saboq berdi”.

Avvalroq Deparde Minskka uchib kelgani ma'lum qilingandi. Aktyor Belarusga Belarus, Rossiya va Fransiya tomonidan suratga olinayotgan “Normandiya – Neman” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida keldi.

Top