20:49 / 23.07.2015
13280

Yer sayyorasining yagona bayrog‘i paydo bo‘ldi

Shvetsiyalik dizayner Oskar Pernefeld Yer sayyorasining yagona bayrog‘ini o‘ylab topdi.

Muallifning fikriga ko‘ra, ushbu bayroq sayyoralararo tadqiqotlar vaqtida yer aholisini tanishtiruvchi belgi vazifasini o‘taydi.

Yerliklarning ramzi – ko‘k fon hamda uning o‘rtasida joylashgan guldan iborat. Ko‘k rang okean timsoli bo‘lib, u hayot manbai bo‘lgan suv zaxirasining katta ekanini anglatadi. Gul 7 dona tutashgan aylanalardan iborat bo‘lib, u Yer qismlarini anglatadi.

Oskar Pernefeld aylanalarning tutashganini Yer aholisining uyi bir ekani, u sayyoraning qaysi qismida yashashi muhim emasligi va Yer yuzidagi barcha narsa bir-biriga chambarchas bog‘liq ekani bilan izohladi. Muallif barchani o‘zgalarga befarq bo‘lmaslikka hamda ular haqida qayg‘urishga chaqirdi.

Top