21:54 / 23.07.2015
2235

Navoiyda 2015 yilning birinchi yarmida 20,8 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshirildi

Navoiyda joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi E.Turdimov boshqargan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasidan kelib chiqib, viloyatni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar samarasi muhokama etildi.

Iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 3,1 foizga o‘sdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 13,6, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 13,6, qurilish ishlari 7,1, chakana savdo aylanmasi 15,2, xizmatlar hajmi 17,8 foizga oshdi. Agrar sohani isloh qilish samarasida qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatildi. Natijada yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan rejaga nisbatan 6,8 foizga o‘sdi.

Viloyatning eksport salohiyatini yuksaltirish borasida ham salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yil boshidan buyon 33 turdagi tayyor mahsulotlar tashqi bozorga yetkazib berilgani natijasida ko‘zda tutilgan reja 114,6 foizga bajarilib, eksport ko‘rsatkichi 232,4 million dollarni tashkil etdi.

Hisobot davrida 20,8 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshirilib, 133 kichik biznes sub'yekti tashkil etildi va qo‘shimcha 603 yangi ish o‘rni yaratildi.

Top