20:21 / 23.07.2015
3184

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi 2015 yilning birinchi yarim yilligida 162ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi, uning hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining 2015 yilning I yarim yilligidagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi №PF-4483-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi.


Qonunchilik bazasini takomillashtirish

O‘tgan hisobot davrida Qo‘mita tomonidan 39 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (5 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 6 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 17 ta Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi va 11 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.
Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan 162 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (7 ta qonun loyihasi, 17 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 119 ta Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi, 21 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko‘rib chiqildi.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish
Hisobot davrida 274 ta davlat aktivlari (shundan, 154 tasi 154,187 mlrd so‘m va 19,32 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritish va 5092 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) jami 66.94 mlrd so‘mga sotilib, qo‘shimcha ravishda 165.733 mlrd so‘m va 19,32 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritish va 5577 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ko‘zda tutvchi majburiyatlari investorlar tomonidan olingan.
Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoringlar 
Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, joriy yilning 1 iyul holatiga tuzilgan 365 ta shartnoma bo‘yicha umumiy qiymati 194,8 mln AQSh dollari va 369,5 mlrd.so‘mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga (shundan 4 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan). Ushbu shartnomalar bo‘yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 162,3 mln.dol. va 144 mlrd.so‘mni tashkil etdi, 2720 yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishildi.


Fond bozorining holati

Qimmatli qog‘ozlar bozorining (aksiya va korporativ obligatsiyalar) umumiy aylanmasi 634,68 mlrd.so‘mni tashkil qildi, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 190,3 mlrd.so‘mga ko‘p. Shu jumladan aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozoridagi umumiy aylanma 162,0 mlrd.so‘mni, shu jumladan tashkillashtirilgan aksiyalar bozorda – 65,1 mlrd. so‘mni (555 ta bitim) va tashkillashtirilmagan aksiyalar bozorda – 96,5 mlrd.so‘mni (1525 ta bitim) tashkil qildi. Korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida 0,37 mlrd.so‘mlik bitimlar tuzildi.


Davlat mulki reestrini yuritish

2015 yilning 1 iyul holatiga respublikada 28413 davlat korxonalari va muassasalari faoliyat ko‘rsatib, shundan 27464 tasiga (93,4%) Davlat raqobat qo‘mitasi organlarida ro‘yxatdan o‘tgan degan guvohnoma berilgan
Davlat mulkini ijaraga berish
Hisobot davrida 15,8 mingga yaqin davlat mulki obektlari ijaraga berildi, qo‘shimcha yaratilgan ish joylari soni 41,9 mingtaga yetdi (o‘sish-116,1%). Davlat mulki obektlarini ijaraga berishdan jami 39,2 mlrd.so‘m mablag‘ tushdi.
Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash
O‘tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 17 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko‘rib chiqildi, 12 ta litsenziya berildi. Jami bo‘lib, 2015 yilning 1 iyul holatiga 202 ta litsenziya berilib, shundan 178 tasi amalda (150 tasi biznesni baholash, 26 tasi ko‘char mulkni baholash, 2 tasi ko‘chmas mulkni baholash), 24 ta litsenziyaning harakati to‘xtatildi.
Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 24 ta yuridik shaxsning materiallari ko‘rib chiqildi, 19 ta litsenziya berildi. Jami bo‘lib, 2015 yilning 1 iyul holatiga 229 ta litsenziya berilib, shundan 209 ta litsenziya amalda, 20 tasini harakati to‘xtatilgan.
Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish
Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'yektlari soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 24 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo‘yicha 280 tani tashkil etdi.


Raqobat muhitini rivojlantirish

O‘tgan hisobot davrida jami bo‘lib 31 ta bozor tahlil qilinib, shundan 22 tasi tovarlar bozorlari, 9 tasi xizmatlar bozorlari. Nohalol raqobat masalalari bo‘yicha 30 ta murojaat ko‘rib chiqildi, shundan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi uchun 13 tasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha 304 ta mahsulot turi bo‘yicha 213 ta pasport loyihalariga xulosalar berildi.
Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish
Hisobot davrida Qo‘mitaga iste'molchilardan jami bo‘lib 2514 ta ariza va shikoyatlar kelib tushib, shundan 1634 tasi yozma, 880 tasi ishonch telefoni orqali tushgan.
Tushgan yozma arizalarning 90,2% iste'molchilar foydasiga hal qilindi va 489,7 mln. so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilib berildi.
Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlarning 62,3% bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi va 105,1 mln.so‘m iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilindi, 37,7% bo‘yicha Qo‘mita vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.


Reklama faoliyatini tartibga solish

Hisobot davrida reklama bozorida 324 ta o‘rganishlar o‘tkazildi, natijada 228 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xo‘jalik sub'yektlariga 196 ta ko‘rsatma berildi, 97 ta mansabdor shaxsga 56,9 mln.so‘m ma'muriy jarimalar qo‘llanildi.
Hududlarni industrial rivojlantirish mintaqaviy dasturlarini bajarilishi
Kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish xududiy dasturlariga kiritilgan loyihalar bo‘yicha jami 925,2 mlrd.so‘m investitsiyalar jalb qilindi, shundan 382,5 mlrd.so‘mi tijorat banklari kreditlari, 1 082,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqildi hamda 6,9 mingta yangi ish joylari barpo etildi.
Qo‘mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan tadbirlar
Jami bo‘lib ommaviy axborot vositalarida 1996 ta chiqishlar tashkil etilib, shundan 594 televidenieda, 366 radioda, 598 bosma nashrlarda, sotuvga qo‘yilgan davlat aktivlari bo‘yicha 438 ta e'lonlar joylashtirildi va 398 ta matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, seminarlar va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan hisobot davrida Qo‘mita va uning tarkibiy tuzilma tashkilotlarining faoliyati tizimli ravishda Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida va boshqa internet resurslarida yoritib borildi. Xisobot davrida Qo‘mita sayti 26,7 ta foydalanuvchilar tomonidan 124,6 ta tashrif bo‘lgan.

Top