23:10 / 23.07.2015
2524

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga iste'molchilardan 2,51 mingta shikoyat tushdi

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi 2015 yilning birinchi yarmida iste'molchilardan 2514 ta shikoyat oldi, ulardan 1634 tasi yozma ravishda, 880 tasi ishonch telefonlari orqali bildirilgan.

Yozuv shaklida bildirilgan murojaatlarni o‘rganish natijasida ulardan 90,2 foizi iste'molchilar foydasiga hal qilindi, ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz xizmatlar uchun 489,7 mln so‘m iste'molchilar foydasiga o‘tkazildi.

Telefon orqali bildirilgan shikoyatlardan 62,3 foizi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi va 105,1 mln so‘m iste'molchilar forydasiga qayta hisoblandi, 37,7 foiz murojaatlar bo‘yicha qo‘mitaning vakolat doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.

Top