09:01 / 23.07.2015
2451

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda YaIM 72.2 trln so‘mni tashkil qildi

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi 2015 yilning birinchi yarmi yakunlariga bag‘ishlangan hisobotni e'lon qildi. Idora saytida joylashtirilgan materialda aytilishicha, hisobot davrida ishlab chiqarilgan YaIM miqdori 72.2 trln so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi 61 trln so‘mga teng bo‘lgandi.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur'atlari quyidagicha: sanoat ishlab chiqarishi hajmi – 40.8 trln so‘m (108.1 foiz), qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi – 17.6 trln so‘m (106.5 foiz), asosiy kapitalga investitsiyalar – 18.1 trln so‘m (109.8 foiz), qurilish ishlari hajmi – 11.8 trln so‘m (118.0 foiz), chakana savdo aylanmasi – 31.7 trln so‘m (114.8 foiz), xizmat ko‘rsatish bozori – 40.2 trln so‘m (113.1 foiz).

Top