06:59 / 23.07.2015
3267

Rossiya FMX rahbari: xorijliklarning ishlashi uchun patentlar Rossiyaga 50 mlrd rubl keltirdi

Rossiyada 2015 yil 10 yanvardan amal qila boshlagan xorijliklarning ishlashi uchun patentlar berishning yangi tizimi hozirning o‘zidayoq 50 mlrd rubl foyda keltirdi. Bu haqda Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

2015 yilning yanvaridan Rossiyada vizasiz davlatlardan fuqarolarga kvotalar berish mexanizmi bekor qilindi. Endilikda istalgan odam ishlash uchun patent ko‘rinishida hujjat olishi mumkin. Bu patentning narxini har bir hudud o‘zi belgilaydi. “Agar Rossiya sub'yekti mehnat muhojirlariga ehtiyoj sezmasa, unda patentning narxini ko‘taradi. Agar aksi bo‘lsa, uning narxi 1,5 ming rublgacha kamaytiriladi. Patent narxi hududdagi ish haqi darajasiga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytmoqda Romodanovskiy.

FMXning hisob-kitoblariga ko‘ra, patentlar berishning yangi tizimi Rossiya g‘aznasiga yiliga 80-100 mlrd rubl foyda keltirishi mumkin.

Top