21:09 / 23.07.2015
23097

Toshkent shahrida shafqatsizlarcha o‘ldirilgan 4 yoshli go‘dakning qotili qidirilmoqda

Toshkent shahar Ichki ishlar bo‘limi 2015 yilning 21 iyul kuni Sergeli tumani, "Eski Sergeli" dahasi hududidagi maktab yaqinidan topilgan 3,5-4 yoshli go‘dak jasadi bo‘yicha keng qamrovli ish olib bormoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 21 iyul kuni Toshkent shahar, Sergeli tumani IIBga shu tumanning Nilufar 3 tor ko‘chasidagi 19-uyning 3-xonadonida yashovchi fuqaro Marqaboyeva Dailya Davlatovna murojaat qilib, 264-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi hovlisining orqa kirish eshigidan 1 metr uzoqlikda taxminan 3,5-4 yoshdagi, 99 sm bo‘yli, o‘ng qo‘linning bilak qismiga xristian diniga mansublikni ifodalovchi tumor bog‘langan, chap ko‘zining pastki qismida taxminan 2 sm chandig‘i bor, ichki kiyimda bo‘lgan qizchaning murdasini topib olganini ma'lum qilgan.

Dastlabki STEning 21 iyul kunidagi 682-sonli xulosasiga ko‘ra jasadga "Nafas yo‘llari va bo‘yin a'zolariga qattiq to‘mtoq jism ta'sirida yuzaga kelgan mexanik asfiktsiyasi" tashxisi qo‘yilgan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qismi "v" bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Voqea joyida olib borilgan tergov-qidiruv tadbiri davomida Osiyo millatiga mansub, yoshi 30-35 atrofida, bo‘yi 180 sm, gavdasi o‘rtacha, rangi qorachadan kelgan, sochi qora, ko‘zi ham qora bo‘lgan, qora rangli sport kiyimida bo‘lgan shaxs ushbu qotillikda gumon qilinmoqda.
Uning alohida belgilari sifatida o‘ng tomon peshona sohasida chandig‘i bor, chap ko‘zi g‘ilay va o‘ng oyog‘i oqsoqlanishi aytilgan.

Ayni vaqtda ushbu gumonlanuvchi haqidagi ma'lumotlar shahar bo‘ylab tarqatilgan va boshqa uchastkalarda muqaddam shunga o‘xshash jinoyat sodir etganlar va jinoyat qilishga moyil shaxslar so‘roq qilinishi so‘ralgan.

Top