23:12 / 24.07.2015
2877

Moskva viloyatida 20 dan ziyodroq kishi ekstremizmda gumon qilinib qo‘lga olindi

Moskva viloyatining Balashixa shahrida maxsus xizmatlar tomonidan ekstremistik faoliyatga aloqadorlikka tekshiruvdan o‘tkazish uchun 20 dan ko‘proq kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, 24 iyul Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari maxsus xizmat kuchlari bilan birga turar-joy binolaridan birida joylashgan namozgohga tashrif buyurib, u yerda kelib chiqishi Osiyo va Shimoliy Kavkazlik bo‘lgan 20 dan ko‘proq odamni qo‘lga oldi. Ayni paytda ular ekstremistik faoliyatga aloqadorlikka tekshirilmoqdalar.

Moskva viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ushbu operatsiyaning amalga oshirilganini tasdiqladi. “Tezkor ma'lumotni amlaga oshirish doirasida fuqarolarning huquqbuzarlik faoliyatiga aloqadorligini tekshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi”, deb aytilmoqda bosh boshqarmada.

Top