15:02 / 24.07.2015
5403

O‘zbek olimlari universal g‘alla ekish moslamasini yaratishdi

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti dotsenti Abdurashid Jahongirov yer resurslaridan samarali foydalanish, urug‘lik va yoqilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beradigan universal seyalka yaratdi.

Telegraf.uz nashrining xabar qilishicha, loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi tomonidan sertifikatlandi.

Universal seyalka yordamida ekish operatsiyalarining sifatli bajarilishi hisobiga urug‘ 20-25 foiz, yoqilg‘i 1,5-2 barobar kam sarflanadi. Vaqt tejalishi natijasida g‘alla ekishni optimal muddat – 20 sentabrdan 20 oktabrgacha amalga oshirish imkoniyati kengayadi va urug‘ning bir tekis, to‘liq ko‘karishi, sovuq ob-havoga qolmay tuplashi hisobiga yalpi hosil 10-15 foiz oshadi.

Top