21:33 / 24.07.2015
6155

Restlerchi Xalk Xogan restlingdan bo‘shatildi

AQShning WWE restling (atletik malakalar, jangari san'at va teatr mahoratiga asoslangan sahnalashtirilgan shou ko‘rinishidagi kurash) kompaniyasi aktyor va sportchi Xalk Xogan bilan shartnomani bekor qildi, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.

WWE bergan rasmiy bayonotga ko‘ra, Terri Bollea (Xoganning asl ismi) bilan shartnoma bekor qilingan. WWE ning onlayn-do‘konidan uning ismi va qiyofasi tushirilgan mahsulotlar olib tashlanadi.

Aktyorning rasmiy vakillari hozircha bu yangilikka hech qanday izoh berishmagan.

2005 yilda Xalk Xoganning ismi WWE Shuhrat zaliga kiritilgan. Xogan restling bo‘yicha og‘ir vazn toifasida 12 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Top