15:39 / 24.07.2015
3701

Toshkentlik kirakash mast yo‘lovchiga mashinasini haydashga berib, so‘ng uni mashinani olib qochishda aybladi

Toshkentlik kirakash, 1991 yili tug‘ilgan Toir Mansurov mast yo‘lovchiga mashinasini haydashga berib, so‘ng uni mashinani olib qochishda aybladi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, bir kuni kechki payt uning Matiz rusumli mashinasiga Sanjar Murodov do‘sti Javlon bilan o‘tirgan. Sanjarning kayfi balandligi bois u yarim yo‘lda mashinani to‘xtatishni so‘rab, toza havoga chiqqan.
O‘ziga kelgach, u Mansurovdan mashinasini haydashga berib turishni so‘radi, bunda ozgina haydab, tez qaytib kelishini aytdi. Buning evaziga u Mansurovga 100 ming so‘m berdi. Shunda kirakash ham rozi bo‘ldi.
Yo‘lda ketayotib, mast haydovchi yo‘l ikkiga ayrilgan joydagi beton ustiga chiqib ketdi. Qo‘rqib ketgan Murodov mashinani tashlab qochib ketdi.
Ancha vaqt mashinaning qaytishini kutib, sabri tugagan Mansurov xavotirga tushib, militsiyaga murojaat qildi va Murodovni mashinani o‘g‘irlab ketishda ayblandi. Tezkor tekshiruv natijasida mashina yo‘l yoqasida,
beton to‘siq ustiga chiqib ketgan holatda topildi.
Ammo ish yuzasidan kirakashning o‘zi jazolandi. U yolg‘on ariza berishda, birovni o‘g‘rilikda ayblashda va mast odamga pul evaziga o‘z mashinasini berishda ayblandi.

Top