23:15 / 25.07.2015
6089

2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlashda Rossiya N guruhidan joy oldi

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Belgiya, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya, Estoniya, Kipr bilan birga N guruhiga kiritildi.

Bu Sankt-Peterburgning Konstantinov saroyida qur'a tashlash natijalariga ko‘ra ma'lum bo‘ldi.

Barcha jamoalar 9 ta guruhga bo‘linadi va guruhlar g‘oliblari Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishadi. O‘z guruhlarida 2-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan eng yaxshi jamoalar 2017 yilning noyabrida qolgan to‘rtta yo‘llanma uchun o‘zaro to‘qnashadilar.

Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatining mezboni sifatida jahon chempionatining final bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishiga qaramasdan, saralash bosqichida ishtirok etadi: u ko‘rsatgan natijalar hisobga olinmaydi, jamoa aslida saralash o‘yinlari o‘tkaziladigan kunlarda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Rossiyaliklar o‘z raqiblari bilan ikkitadan yoki qolgan uchrashuvlarni boshqa raqiblar bilan o‘tkazgan holda bittadan uchrashuv o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Top