07:21 / 25.07.2015
2157

Greklarga xorijga 2 ming yevrodan ko‘proq naqd pul olib chiqish man qilindi

Gretsiya hukumati mamlakat fuqarolariga xorijga 2 ming yevrodan ko‘proq naqd pul olib chiqishni man qildi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

Tegishli qonun hujjati hukumat gazetasida chop etildi va kuchga kirdi.

“Bir kishi boshiga bitta xorijiy safarga 2 ming yevro miqdorida yevro yoki xorijiy valyutada naqd pul olib chiqishga ruxsat beriladi”, deb aytilmoqda qonunda.

Bu qonun xorijda doimiy ravishda yashovchi xorijliklarga taalluqli emas. Naqd xorijiy valyutani xorijga olib chiqish bo‘yicha qarorni Gretsiya banki rahbari qabul qiladi.

Qayd etilishicha, bungacha Gretsiya fuqarolariga naqd pul ko‘rinishida xorijga 10 ming yevrogacha pul olib chiqishga ruxsat berilgan edi.

Avvalroq grek banklari 3 haftalik to‘xtashlardan keyin yana ochilgani ma'lum qilingandi. Mamlakatda hanuzgacha naqd pul yechib olish bo‘yicha cheklov amal qilmoqda – greklarga haftasiga 420 yevrodan ko‘p pul bo‘lmagan miqdorda pul yechishga ruxsat berilgan.

Top