22:57 / 25.07.2015
3477

JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: Janubiy Amerika

Sankt-Peterburgda Janubiy Amerika vakillari o‘rtasida JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi. Saralash bosqichida bir guruhdan joy olgan 10ta terma jamoa ishtirok etadi. Uchrashuvlar ikki davradan iborat ko‘rinishda (uy va mehmonda) o‘tkaziladi.

Eng yaxshi natija qayd etgan 4ta jamoa JCh-2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 5-o‘rinni egallagan jamoa Okeaniya vakili bilan o‘tish uchrashuvini o‘tkazadi.

1-tur uchrashuvlari jadvali:
Kolumbiya – Peru
Chili – Braziliya
Argentina – Ekvador
Venesuela – Paragvay
Boliviya – Urugvay
Ma'lumot uchun, 2018 yilgi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Volgograd, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Sochi hamda Rostov-na-Donuda bo‘lib o‘tadi. 

Top