23:02 / 25.07.2015
3001

Putin Rossiya 2018 yilgi Jahon chempionati ulkan sport bayrami bo‘lishi uchun mumkin bo‘lgan hamma narsani amalga oshirishini ma'lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin FIFA prezidenti Yozef Blatter bilan uchrashuvi davomida unga Rossiya 2018 yilgi Jahon chempionati ulkan sport bayrami bo‘lishi uchun barcha zarur narsani amalga oshirishini aytdi.

“Muhtaram prezident, men sizga va'da berganimdek, nafaqat davlatimiz, balki yurtimizga tashrif buyuruvchi dunyoning barcha sportchilari va muxlislari o‘zlarini o‘z uylaridek, musobaqani televideniye orqali kuzatadiganlar esa o‘zlarini xuddi shu ulkan sport bayramida bo‘lgandek his qilishlari uchun bizga bog‘liq hamma narsani amalga oshiramiz”, deb aytdi Putin.
“Bilaman, jahon chempionatiga juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Men sizlarga Rossiya 2015 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun nimalarni amalga oshirayotganini aytish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda xursandman”, deb qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

Ma'lumot uchun, 2018 yilgi jahon chempionati 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha Rossiyaning 11 shahridagi 12 ta stadionda o‘tkaziladi.

Top