19:15 / 25.07.2015
4946

"Real" 19 yoshli xitoylik futbolchini transfer qilmoqchi

Xitoylik 19 yoshli yarim himoyachi Lin Lyan Ming «Real»ga o‘tishga yaqin turibdi.

Sky Sports nashrida yozilishicha, «Guanchjou Fuli» jamoasi a'zosi bo‘lgan ushbu futbolchining transferi Madridliklar uchun 300 ming yevroga tushadi.

Yaqin kunlarda transfer rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, «Qirollik klubi» shu paytga biron marta Xitoydan futbolchi sotib olmagan edi.

Ta'kidlash lozim, Lin Lyan Ming Xitoy U-19 terma jamoasi a'zosi sanaladi.

Biroz oldinroq, La-Liganing yana bir jamoasi “Rayo Valekano” xitoylik Jan Chendunni o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.

Top