23:27 / 25.07.2015
3529

Samarqand gaz tarmog‘ida to‘qqiz oyda uch marta rahbar almashdi

Samarqand shahar gaz tarmog‘ida to‘qiiz oyda uch marta rahbar almashdi. Bu haqda mahalliy erkin jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev o‘z saytida yozmoqda.
“Shahar gaz tarmog‘i tajriba maydonchasiga aylanib qoldi: oxirgi paytlarda bu yerda yiliga 2-3 rahbar almashadi. Ilgarigisi 3 oy ishladi, undan ilgarigisi esa yarim yil ishlagan edi”, – deydi jurnalist.
Joriy yilning may oyida yangi boshliq tayinlangan edi. Ammo u sog‘lig‘idagi muammolar tufayli ishdan bo‘shadi. Iyulda uning o‘rnini Izzat Yo‘ldoshev egalladi. Bu shaxs ikki yil muqaddam ham aynan shu lavozimga tayinlanib, yarim yil ishlagan edi.
Rahmatullayevning yozishicha, 2014 yilning oktabr oyidan 2015 yilning may oyiga qadar tayinlangan rahbarlardan hech biri soha mutaxassisi bo‘lmagan edi.
“Yo‘ldoshev bilan uchrashib, men unga hech bo‘lmaganda ikki-uch yil ishlashni tiladim, – deyiladi materialda. – O‘z-o‘zidan tushunarliki, gaz tarmog‘ida tartib o‘rnatish talab qiladi. Faqatgina bitta misol keltiraman. Inspektorlar aholidan ishlatilgan gaz uchun pul to‘playdi, lekin kvitansiya bermaydi. O‘sha inspektor ishdan bo‘shab ketsa, u to‘plagan pullar tegishli joyga yetib bormay qolib ketadi. Shu bois, mening taklifimcha, ishdan bo‘shatilayotgan inspektordan mahalla oqsoqolidan hech qanday e'tirozlar va qarzlar yo‘qligi haqida ma'lumotnoma olib kelib berishni talab qilish kerak”.

Top