19:47 / 25.07.2015
4341

Sport-express.ua: Sanjar Tursunov o‘zbek futbolini ajoyib tarzda reklama qilmoqda

Ukraina sportiga oid tafsilotlarni yoritib boradigan Sport-express.ua nashri "Vorskla" yarim himoyachisi Sanjar Tursunovni o‘tgan mavsum kashfiyoti sifatida tan oldi va yarim himoyachiga quyidagicha ta'rif keltirdi.

"O‘zbekistonlik 28 yoshli legioner o‘tgan mavsum nafaqat "Vorskla", balki butun chempionat uchun ajoyib kashfiyot bo‘ldi. Sanjar poltavaliklarning hujum chizig‘iga hayratlanarli tezlik bilan moslashib ketdi va ijodkorligi bilan jamoasini kuchaytira oldi. Har qanday yarim himoyachi uchun beshta gol va bir qator golli uzatmalar katta obro‘ keltirishi turgan gap. Bu borada Sanjar keng ko‘lamli futbolchi ekanini isbotlay oldi.

Sanjar Tursunov legioner sifatida Shatskix va Denisovdan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchilar obro‘sini ajoyib tarzda ushlab turibdi. U Ukraina chempionatining eng kuchli futbolchilaridan biri. Shunday ekan, uning o‘yini O‘zbekiston futboli uchun ajoyib reklama hisoblanadi", deb yoziladi maqolada.

Top