22:56 / 26.07.2015
2058

Ice Bucket Challenge tashkilotchilari amiotrofik sklerozni o‘rganishga 77 mln dollar sarflaydi

Xalqaro Ice Bucket Challenge aksiyasi davomida yuzlab odamlarning yonlama amiotrofik sklerozga qarshi kurash maqsadlarida qilgan xayrlari natijasida ushbu kasallikka qarshi kurashuvchi xalqaro uyushma 115 mln dollar pul to‘pladi. Bu haqda uyushmaning sayti orqali axborot berildi.
Aktsiya natijalariga ko‘ra e'lon qilingan hisobotda aytilishicha, to‘plangan pullarning 67 foizi, ya'ni 77 mln dollar kasallikni tadqiq etishga, 20 foizi esa xastalarga yordam berish dasturlariga sarflanadi.
O‘tgan yili aksiya Bill Geyts, Jorj Bush, Stiven King, Vladimir Jirinovskiylar ishtirok etgan edi.

Top