Ikkinchi davraga jiddiy tarzda hozirlik ko‘rayotgan jamoamiz qisqa muddatli ta'tildan keyin yana mashg‘ulotlarga kirishadi.
Jamoamiz safiga yangi o‘yinchi kelib qo‘shildi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zosi Asilbek Omonov ikkinchi davrani “Qo‘qon-1912” klubida o‘tkazadi. Darvozabon bilan bugun rasman shartnoma imzolandi, deb xabar berdi «Qo‘qon-1912» klubining rasmiy veb sayti.
Asilbek Omonov yil boshida “Paxtakor”ni erkin agent sifatida tark etgandi. Omonov 2015 yilgi chempionatning birinchi qismini birinchi liga vakili Chustning “Chust-Paxtakor” jamoasida o‘tkazdi.
O‘tgan yili ham 1993 yilda tavallud topgan posbon birinchi ligada “Oq-tepa” darvozasini qo‘riqlagandi. Qishki mavsumlar oralig‘ida esa Omonov Samarqandning “Dinamo” yig‘inida ham bo‘lgandi.