08:33 / 26.07.2015
3583

Poroshenko Ukraina politsiyasiga xorijlik mutaxassis boshchilik qilishi mumkinligini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatda milliy politsiya rahbari lavozimini xorijiy mutaxassis egallashi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Poroshenko Ukraina milliy politsiyasi rahbari sifatida gruziyalik Eku Zguladzeni ko‘rishini aytgan edi. Biroq Zguladzening o‘zi hali bunga tayyormasligini bildirgan.

Poroshenko 25 iyul kuni yaqin orada milliy politsiya haqidagi qonun imzolanishini ma'lum qilgan.

“Bizni qoniqtirmayotgan narsalar mavjud... Milliy politsiya siyosiysizlashtirilishi kerak. Biz politsiyani istalgan siyosiy kuchlardan himoya qilishimiz kerak. Biroq qonunga taqiqlov qo‘yish yoki uni imzolash o‘rtasida tanlashga to‘g‘ri kelinsa, politsiyada islohotlar o‘tkazishga “yashil chiroq” berish kerak... Men qonunni imzolash kerakligi tarafdoriman. Va yaqin orada u imzolanadi”, deydi Poroshenko.

Top