12:04 / 26.07.2015
2240

Tokioda yengil motorli samolyot qulab tushishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

26 iyul kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida yengil motorli samolyot qulab tushdi va 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti nashri Yaponiya transport va infrastrukturalar vazirligiga asoslangan holda xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, bu hodisa mahalliy vaqt bilan 10:58da (Toshkent vaqti bilan 6:58da) Tokio atrofidagi Tedu shaharchasi hududida ro‘y bergan. Samolyot aedromdan havoga ko‘tarilgach darhol muammoga duch kelgan va aerodromdan 2 km masofadagi turarjoylar hududiga qulagan.

Samolyotda 5 kishi bo‘lgan. Ulardan ikki nafari va yerdagi bir kishi halokat qurboniga aylangan. Uch nafar yo‘lovchi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Yerga qulagan samolyot ko‘p o‘tmay yona boshlagan va olov atrofdagi 5ta uyga tarqalgan. Ayni vaqtda hududda qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ish olib borishmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, halokatda samolyotdagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Top