08:25 / 27.07.2015
2507

"MYu" argentinalik darvozabon Serxio Romeroni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Sampdoriya” jamoasining sobiq darvozaboni Serxio Romeroning transferini rasman tasdiqladi. Angliya klubi Argentina terma jamoasining 28 yoshli posboni bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoaning rasmiy tvitter akkauntida xabar berildi.

Kelishuvga ko‘ra shartnoma yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Romero erkin agent maqomida “qizil iblislar” safiga kelib qo‘shildi. O‘tgan mavsumda Romero “Sampdoriya” tarkibida 11ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 14ta gol olib chiqqandi.

Top