18:06 / 27.07.2015
2048

Nigina Abduraimova Boku turniri asosiy to‘riga chiqdi

O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi Nigina Abduraimova Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Baku Cup tennis turnirining saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy to‘rga yo‘llanma oldi.

Turnirning mukofot jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.

Saralash musobaqasining 6-raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz ilk davrada rossiyalik Kseniya Likinani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Asosiy to‘r musobaqasiga chiqish imkonini beruvchi uchrashuvda esa O‘zbekiston vakilasi italiyalik Nastasya Barnettni 7:5, 6:3 hisobida yengdi. Bir soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda Nigina 7ta eys zarbasini amalga oshirdi.

Top