18:43 / 27.07.2015
6586

O‘zbekistonda avtomobil sanoati uchun alyuminiy qismlarni ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga asos solindi

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasii Janubiy Koreyaning INZI AMT Co., Ltd. Korxonasi bilan avtomobil sanoati uchun alyuminiy buyumlar ishlab chiqaruvchi, ustav kapitalidagi ulush teng taqsimotda bo‘lgan qo‘shma korxona tashkil qiladi. Bu haqda UzDaily nashri xabar tarqatdi.

Bosim natijasida yuqori aniqlikda alyuminiy buyumlar chiqaruvchi mazkur korxona 2017 yilning 1 yanvaridan o‘z mahsulotlarini chiqarishi kutilmoqda.

Yangi korxona General Motors Powertrain Uzbekistan AJ yaqin hududda joylashadi. Zavod qurilishi uchun O‘zbekiston Hukumati 6,9 ga yer ajratadi. Shundan, yerning 5,3 ga qismi AO General Motors Powertrain Uzbekistan hududini egallaydi.

«UZAUTO-INZI» QK MChJ zavodining qurilish-montaj ishlarini yakunlash 2016 yilning 31 avgustiga qadar mo‘ljallangan.

Top