18:52 / 27.07.2015
7327

Qarshida piyonista er xotinini pichoqlab qo‘ydi, ammo yagona boquvchi bo‘lgani uchun qamalmadi

Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan To‘lqin Novatov mast holda turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ygani uchun jazoga tortildi, ammo qamoq jazosidan qutulib qoldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Novatov bir kuni ichib kelib, ayoli bilan janjallasha boshlagan. Kelib chiqqan janjalda aqlini yo‘qotgan Novatov pichoq olib chiqib, turmush o‘rtog‘ining ko‘kragiga urgan. Faqatgina tez tibbiy yordam mashinasining vaqtida yetib kelishi uning hayotini saqlab qolgan.
Sud dastlab Novatovga 5 yillik qamoq jazosini tayinladi, ammo uning oilada yagona boquvchi ekanligi inobatga olinib, jazo 2 yil sinov muddatiga almashtirildi.

Top