15:56 / 28.07.2015
2143

Andres Inesta: Men sardorlik bog‘ichini taqishga tayyorman

"Barselona" jamoasining 31 yoshli yarim himoyachisi Andres Inesta har doim ishtiyoq bilan to‘p surishi va sardorlik bog‘ichini taqishga tayyor ekanini ta'kidlab o‘tdi.

"Menimcha ideal sardor bo‘lmasa kerak. Chunki hamma odam har xil bo‘ladi.

Men turli sardorlar bilan birga maydonda to‘p surganman: Puyol, Xavi, Luis Enrike. Ularning barchasi "Barselona"ni yaxshi ko‘rar edi va eng avvalo jamoa manfaati yo‘lida harakat qilgan.

Sardor nafaqat futbol ichidagi, balki uning atrofidagi holatga ham mas'ul bo‘ladi. Men har doim ishtiyoqqa to‘laman", - deydi futbolchi.

Top