15:42 / 28.07.2015
3052

Texasda Skinny laqabli mushuk diyeta orqali 10 kg vazn tashlab, ko‘rinishini o‘zgartirdi

Texas shtatining Dallas shahridagi jonivorlar uchun maxsus klinikada Ozg‘in (Skinny) laqabli mushuk mashg‘ulotlar o‘tash va diyeta orqali 10 kg vazn tashlashga erishdi. Bu haqda The Huffington Post nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, 2013 yilda u klinikiga keltirilganida 18,6 kg vaznga ega bo‘lgan.

Tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlari tufayli Skinni ayni vaqtda vaznini yengillashtirish bilan birgalikda chiroyli ko‘rinishga kelgan.

Heal klinikasi shifokori Britni Bartonning ma'lum qilishicha, olib borilgan muolajalar uning sog‘ligiga yomon tomondan ta'sir qilmagan.

U avvalgidan ancha kichiklashib qolgan bo‘lsada, odatiy mushuklardan kattaroq va u avvalgidek shifoxona bo‘ylab erkin sayr qilib yuribdi.

Top