14:19 / 28.07.2015
7185

Xitoyda noodatiy ko‘rinishdagi kulolchilik muzeyi qurildi

Italiyaning Archea Associati qurilish agentligi Xitoyning Lilin shahrida dunyodagi eng antiqa muzeylardan birini — Kulolchilik muzeyini qurdi. Ulkan muzey binolari sopol buyumlar shaklida qurilgan. Bu haqda DesignBoom nashrida xabar qilindi.

Ma'lum qilinishicha, muzeyning qurilish ishlari 2010 yilda boshlangan bo‘lib, hududda 11ta ko‘za va qadah ko‘rinishidagi inshootlar barpo etilgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu binolardan birida muzey, qolganlarida mehmonxonalar va kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladigan korxonalar tashkil etiladi.

Top