11:06 / 29.07.2015
3553

Joze Mourino: "Barselona"ga bizni sinovdan o‘tkazgani uchun rahmat

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi "Xalqaro chempionlar" kubogi doirasida 29 iyul kuni o‘tkazilgan "Chelsi" va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan (2:2, penaltilar seriyasiga ko‘ra, 4:2) keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun har ikki jamoaning amerikalik muxlislari o‘zlarini ajoyib tutishdi. Ikki jamoa ham o‘yinda teng harakat qildi. Penaltilar seriyasi esa muxlislarni hayajonda ushlab turdi.

"Barselona" bizni ajoyib tarzda sinovdan o‘tkazdi. Bizga shunday o‘yinlar kerak. Raqibga va muxlislarga ham o‘yinning shiddatli kechishini ta'minlashgani uchun rahmat.

O‘yinda Keyxill burnidan jarohat oldi. Diyego ham o‘zini yaxshi his qilmayotgani uchun almashtirildi. Ahvol qandayligi birozdan keyin ma'lum bo‘ladi.

21 kun davomida o‘rtoqlik uchrashuvlari orqali mavsumoldi yig‘inini o‘tkazdik. "Arsenal" bilan o‘tadigan o‘yin esa o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida bo‘lmaydi. O‘rtaga Superkubok tikilgan. Biz o‘yinga jiddiy tayyorlanyapmiz", deydi portugaliyalik murabbiy.

Top