15:47 / 29.07.2015
5545

Mulla Umarning o‘limi ancha vaqt oldin yuz bergani xabar qilindi

Afg‘oniston hukumatidagi manbalardan biri "Tolibonlar" yetakchisi mulla Muhammad Umarning tirik emasligini tasdiqlagan. Bu haqda Interfax.ru nashri xabar bergan.

Hozircha "Tolibonlar" bu ma'lumotga munosabatini bildirmadi. Lekin, rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, jangarilar yetakchisi bundan 2-3 yil muqaddam o‘ldirilgan.

Qayd etish joizki, mulla Umarning o‘limi haqida bungacha ham bir necha marta xabar qilingan, biroq hukumat rasmiylar ilk marta bu haqda chiqish qilishdi.

Ma'lumot uchun, mulla Umar Afg‘onistonni Sobiq Ittifoq askarlari tark etganidan keyin, hududdagi jangarilar o‘rtasidagi janglarda ustun kelib, ularni birlashtirgandi.

2001 yilda mulla Umar "Al-Qoida" rahbari Usama bin Ladenni qo‘llab-quvvatlagani tufayli AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonga kirib kelgandi. O‘shandan beri mulla Umarning qayerdaligi ma'lum emasdi.

AQSh hukumati uning boshi uchun 10 mln dollar mukofot e'lon qilgandi.

Top