23:22 / 29.07.2015
2047

Platini bir vaqtning o‘zida FIFA va UYeFAga rahbarlik qilishi mumkin

29 iyul kuni FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etishini rasman ma'lum qilgan UYeFAning amaldagi rahbari saylovda g‘alaba qozonganidan keyin ham UYeFAda ishlashda davom etishi mumkin.

FIFA va UYeFA Nizomlariga ko‘ra fransiyalik funktsioner huquqiy jihatdan bir vaqtning o‘zida har ikki tashkilotda prezidentlik lavozimida ishlashi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun 2016 yilning 26 fevralida saylov o‘tkaziladi. Hozirgacha Platinidan tashqari braziliyalik murabbiy Ziko hamda argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona bu saylovdv qatnashish istagini bildirgan. Nomzodlar shu yilning 26 oktabriga qadar o‘z “zayavka”larini jo‘natishlari shartligi belgilab qo‘yilgan.

Top