22:41 / 29.07.2015
2146

Shchensni "Arsenal"dan ijara asosida "Roma"ga o‘tdi

"Arsenal" jamoasining polshalik darvozaboni Voychex Shchensni o‘z faoliyatini Rimning "Roma" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda "bo‘rilar"ning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Xabarda aytilishicha, 25 yoshli ushbu darvozabon 2015-2016 yillar mavsumida "Roma"ga ijara asosida berilgan.

Futbolchi "Roma"da tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha mavsum davomida "kanonirlar" darvozasini muvaffaqiyatli ravishda himoya qilgan ushbu darvozabon, joriy yilning boshida bosh murabbiy Arsen Venger bilan munosabatlarda muammoga duch keldi va asosiy tarkibdagi o‘rnini David Ospinaga berib qo‘ydi.

Yangi mavsum arafasida esa, "Arsenal" "Chelsi"dan Piter Chexni transfer qilgach, Voychexga asosiy tarkibdan joy berilmasligi uzil-kesil ma'lum bo‘lgandi.

Top