11:26 / 29.07.2015
3725

Vagner Lav: Xitoy chempionatida choy ichib futbol o‘ynash mumkin

2013-2014 yilgi mavsumni Xitoy chempionatida, "Shandun" jamoasida o‘tkazgan "TsSKA"ning sobiq hujumchisi Vagner Lav "Sport Ekspress" nashriga bergan intervyusida Xitoy chempionatida raqobat mavjud emasligi haqida bildirib o‘tdi.

"Xitoy chempionatida umuman raqobat yo‘q. U yerda o‘yin vaqtida sherigingdan to‘pni olgach, bir chashka qahva yoki choy ichish, keyin biroz o‘ylanib turib, boshqa sherigingga to‘pni uzatishing mumkin. Hozir men o‘shanda Xitoyga borganimdan afsusdaman. Agar Rossiyadan to‘g‘ri Braziliyaga yo‘l olganimda, o‘yinimda pasayish bo‘lmasdi. Rossiya chempionati hatto Braziliya chempionatidan ham kuchliroq", deydi Vagner Lav.

Ma'lumot uchun, 2015 yilgi mavsumda Braziliyaning "Korintians" jamoasida o‘ynashni boshlagan Vagner Lav 12ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.

Top