19:44 / 29.07.2015
5910

Yo‘lakda qo‘yib ketilgan avtomobilni qo‘llari bilan olib tashlagan velosipedchi internet qahramoniga aylandi

Braziliyada veloyo‘lkada noto‘g‘ri qo‘yib ketilib, velosipedchilarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan avtomobilni qo‘llari bilan yo‘ldan olib tashlagan velosipedchi internet qahramoniga aylandi.

Ushbu voqea aks etgan video YouTube portalida joylashtirib, bir kunda 700 mingdan ko‘proq namoyish yig‘di. Videoda erkak yo‘lovchilarning olqishlari ostida noto‘g‘ri qo‘yilgan avtomobilni chetga surib tashlayotgani aks etgan.

U mashinani aylanib o‘tishi ham mumkin edi, biroq u mashinani boshqa velosipedchilarga xalaqit bermasligi uchun olib tashlashga qaror qilgan.

Internet foydalanuvchilari videoga izoh berib, velosipedchining juda katta kuch egasi ekanligini qayd qilishgan va uni befarqmasligi uchun maqtashgan.

Top