23:43 / 30.07.2015
16212

BMT prognoziga ko‘ra Hindiston 2022 yilga kelib dunyoda aholisi eng ko‘p mamlakatga aylanadi

Bor-yo‘g‘i yetti yildan keyin, ya'ni 2022 yilga kelib Hindiston aholisi soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketib, dunyodagi aholisi eng ko‘p mamlakatga aylanadi. Bunday prognoz BMTning aholi sonini o‘rganish bo‘limi tomonidan tayyorlangan hisobotda berilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, hozirda 1,38 mlrd kishini tashkil qilayotgan Xitoy aholisi soni 2030 yilgacha deyarli o‘zgarmaydi, so‘ngra sekin-asta kamayishni boshlaydi. Hindistonda bu ko‘rsatkich hozirdagi 1,31 mlrd kishidan 2022 yilda 1,4 mlrd kishigacha, 2030 yilda 1,5 mlrd hamda 2050 yilda 1,7 mlrd kishigacha ko‘payadi.

BMT ekspertlarining baholashicha, Yer kurrasi aholisi hozirgi 7,3 mlrd kishidan 2050 yilda 9,7 mlrd, asr oxirida esa 11,2 mlrd kishigacha yetadi.

2050 yilga kelib aholisi soni bo‘yicha Hindiston, Xitoy va hozirda 7-o‘rinni egallayotgan Nigeriya AQShdan o‘zib ketib, dunyodagi uchta eng yirik davlatga aylanadi. Shuningdek, aholisi soni ko‘pligi bo‘yicha o‘nta yetakchi davlat orasidan Bangladesh, Indoneziya, Pokiston, Meksika, Braziliya, Rossiya va AQSh ham joy oladi.

Top