10:15 / 30.07.2015
3525

Igor Mann Avtotest kompaniyasining maslahatchisi bo‘ldi

Rossiyaning birinchi raqamli marketologi Igor Mann Avtotest kompaniyasining rasmiy maslahatchisi bo‘ldi.
Bu haqdagi xabar kompaniyaning Feysbukdagi sahifasida paydo bo‘ldi. Avtotest kompaniyasi jamoasi bilan uyushtirilgan shaxsiy uchrashuvda Igor Borisovich amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib chiqdi. U, shuningdek, Avtotest tomonidan yo‘llarda xavfsizlikni ta'minlash borasida olib borilayotgan ishlarga o‘z munosabatini va takliflarini bildirib o‘tdi.

“Avtotest’ning Igor Mann bilan hamkorligi birinchi raqamli marketologning ko‘plab kitoblarida bayon etilgan asosiy qoidalarga rioya qilinishini ifodalaydi. Bu mijozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, rejalashtirish, qulayliklar yaratish, sifatli xizmat ko‘rsatish, biznesning foyda olishga emas, mijozlardan minnatdorchilik olishga yo‘naltirilganligidir”, – deyiladi kompaniyaning xabarnomasida.
Igor Mann Rossiyaning eng mashhur marketing murabbiyi bo‘lib, u bu faoliyat bilan 1993 yildan buyon shug‘ullanadi. Mann Rossiya marketologlar gildiyasi versiyasiga ko‘ra yil konsultanti hisoblanadi.

Shuningdek, u “100 foizlik marketing”, “Byudjyetsiz”, “Marketing Mashina” bestsellerlarining muallifidir. Ayni paytda u “Mann, Ivanov va Ferber” nashriyotining, “Aql kuchi”, “Marketing Mashina”, PushBooks internet loyihalarining sherigi va hammuassisidir. AQSh, Yevropa va Rossiya kompaniyalarida ish tajribasiga ega. 12 yildan ortiq marketing bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan, shulardan 5 yili – AQShning Lucent va Avaya kompaniyalarida. Mann muntazam ravishda Rossiya bo‘ylab korporativ va ochiq treninglar o‘tkazib keladi. Uning trening va seminarlarida 500 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Top