09:21 / 30.07.2015
8145

Kim Chen In AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi urushga tayyorlanish kerakligini aytdi

KXDR rahbari Kim Chen In respublika harbiy havo kuchlarining mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Ushbu mashg‘ulotlar rahbar tomonidan “AQSh va Janubiy Koreyaga qarshi urushga tayyorgarlik” deb baholandi. Koreya markaziy telegraf agentligining xabar berishicha, Kim Chen In ushbu bayonotni Vonsan shahri yaqinidagi Kalma harbiy bazasiga tashrifi yakunlari bo‘yicha bergan.

Mashg‘ulotlar 1950-1953 yilgi Koreys urushi yakunlari bo‘yicha tinchlik sulhi imzolanishining 62 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan. Aytilishicha, ushbu mashg‘ulotlar “urushga tayyorlanishga yo‘naltirilgan amaliyotlarda ulkan burilishi yasashi” kutilmoqda.
Shimoliy Koreya bosh shtabi rahbari Ri Yon Gil o‘z chiqishida bugungi kunda Koreya yarim oroli urush yoqasida turganini va bu ixtilof o‘z miqyosiga ko‘ra 65 yil ilgarigi urushdan qolishmasligini ta'kidlab o‘tdi. U, shuningdek, Janubiy Koreyani va AQShni “urushni alangalatish”da aybladi.

Top