13:17 / 30.07.2015
4534

O‘zbekiston maxsus xizmatlari tojikistonlik nashafurushlar guruhini fosh qildi

O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olingan ikki nafar Tojikiston fuqarosining yonidan qariyb 21 kg afyun chiqdi.
Shuningdek, muassasa xodimlari ushbu guruh a'zolariga yo‘lboshlovchilik qilgan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi.
Guruh a'zolari 20.6 kg miqdordagi afyunni Samarqand viloyati hududida sotishni rejalashtirgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda. Ayblanuvchilar 10-12 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Top