07:07 / 31.07.2015
2080

Facebook internet-signallar uzatuvchi ulkan dronlarni sinovdan o‘tkazishni boshlamoqchi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i internetga ulanish uchun signal tarqatuvchi, quyosh batareyalarida ishlovchi ulkan dronlarni sinovdan o‘tkazishni boshlamoqchi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Ijtimoiy tarmoq muhandislari qanotlari uzunligi 43 m va og‘irligi 457 kg keladigan uchuvchisiz parvoz qurilmasini yaratdilar. Dron Yerda o‘rnatilgan stansiyalarga signal uzatish lazer nurlaridan foydalanadi.

Ushbu dron sayyoramizning uzoq chekkalarini internetga ulash dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Facebook dronlardan tashqari shu maqsadlarda ishlatiladigan sun'iy yo‘ldoshlar va boshqa qurilmalar ishlab chiqarmoqda. Facebook raqobatchisi Google ham xuddi shunday dasturga ega bo‘lib, kompaniya bu dastur doirasida Yerga internet-signal uzatuvchi sun'iy yo‘ldoshlar va havo sharlari yaratmoqda.

Top